FUQAROLIK IŞLARI BÖYIÇA AMUDARYo TUMAN SUDI SUDYaSI 6-SONLI MAKTABDA DARS MAŞĞULOTI ÖTKAZDI
Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning Yangi Özbekistonni bunyod etiş yölidagi orzu-intilişlari öz aksini topgan muhim hujjatdir. Şu sababli “Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi Farmonida taʼlimni rivojlantiriş ilmiy-metodik Markazi, Maktabgaça va maktab taʼlimi Vazirligi, Fan va innovatsiyalar Vazirligi, Adliya Vazirligi va boşqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2023-2024 öquv yilidan boşlab barça taʼlim turlari va bosqiçlaridagi öquv rejalari va dasturlari qayta körib çiqilişi, konstitutsiyaviy norma va qoidalarga moslaştirilişi belgilangan edi.
Şunga köra, umumtaʼlim maktablari öquvçilariga yoş xususiyatlarini hisobga olgan holda, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani örgatiş böyiça ham metodik asosda yangilangan darsliklar, öquv qöllanmalari, maxsus adabiyotlar yaratilib, taʼlim tizimiga keng joriy etildi.
Ösib kelayotgan yoş avlodning konstitutsiyaviy bilimini oşirişga qaratilgan bu kabi çora-tadbirlarni amalga oşirişda huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlarining ham iştiroki taʼminlanayotgani esa özining ijobiy natijasini bermoqda.
“Sudyalar tomonidan umumiy örta taʼlim muassasalarida amaliy dars-maşğulotlarini ötkaziş böyiça reja” asosida Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi tomonidan amalga oşirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy öquv maşğulotlari öquvçi-yoşlarning konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana şunday dars maşğulotlaridan biri tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi 6-sonli maktabda ham ötkazildi.
Fuqarolik işlari böyiça Amudaryo tuman sudi sudyasi Zebo Bazarbayeva tomonidan “Huquqbuzarlik va javobgarlik” mavzusida taşkillaştirilgan mazkur dars maşğulotida maktab öqituvçilari va yuqori sinflar öquvçilari iştirok etdilar.
Dars maşğuloti jarayonida Zebo Bazarbayeva öquvçilarga “Yangi tahrirdagi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati yuzasidan keng tuşunçalar berib, har bir insonning, xususan, öquvçilarning konstitutsiyaviy burç va majburiyatlari böyiça hayotiy misollar orqali maʼlumotlar taqdim etdi.
Dars jarayonida Konstitutsiyada belgilangan yangi normalar, sudlarning erkinligi, jinoiy javobgarlikni belgilaş, qamoqqa oliş va fuqarolarning advokatlik xizmatlaridan foydalaniş böyiça haq-huquqlari haqidagi moddalar böyiça batafsil tuşuntiriş bilan birga öquvçi-yoşlar zimmasidagi burç va majburiyatlariga ham alohida töxtalib ötildi.
Ayniqsa, huquqbuzarlik holatlari va ularni şaffof malakalaş, javobgarlik belgilaş, javobgar şaxsga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarlik böyiça tegişli jazo çoralarini qöllaşda adolat tamoyillariga rioya etiş, odil sudlovni amalga oşiriş böyiça öquvçilar iştirokida şartli sud jarayonlari ötkazilgani öquvçilarning konstitutsiyaviy va huquqiy bilimlarini oşirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Sudya tomonidan ötkazilgan dars maşğuloti öquvçilar uçun biri-biridan qiziqarli savol-javoblarga boy böldi va Amudaryo tuman fuqarolik işlari böyiça sudi sudyasi Zebo Bazarbayevaga amalga oşirilgan qiziqarli dars maşğuloti uçun maktab maʼmuriyati tomonidan minnatdorçilik bildirildi.
Robiya Yöldoşeva

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶