TUMAN YaNGILIKLARI
"Ishbilarmon talaba-2015”
21-aprel kuni Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejida tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - OʻzLiDePning Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijroiya qoʻmitasi tomonidan "Ishbilarmon talaba - 2015” stipendiyasi uchun koʻrik-tanlov oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlovda tumandagi 9 ta oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Dono va tashabbuskor ayollar aniqlandi
22-aprel kuni Oʻzbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi tomonidan tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi qoshidagi madaniyat va aholi dam olish markazi kontsertlar zalida "Donolik va tashabbuskorlik siyosiy yetakchilik mezoni” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tumandagi taʼlim muassasalaridan 7 nafar oʻqituvchilar qatnashdi. Gʻoliblar partiyaning tuman Kengashi tomonidan tayyorlangan diplom va sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Uch avlod uchrashuvi
Shu yilning 22-aprelida Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kollejida oʻquvchi-yoshlarning ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari va mehnat faxriylari bilan "Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirga urush va mehnat fronti faxriylari, oʻquvchi-yoshlar qatnashdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶