AMUDARYo TUMANIDA "YaNGI ÖZBEKISTON" MASSIVI QURILIŞI JADAL SURʼATLARDA OLIB BORILMOQDA
Mamlakatimizda aholining zamonaviy şart-şaroitlarga ega uy-joylar bilan taʼminlanişini yaxşilaş, hududlarda rivojlangan şaharsozlik talablari asosidagi köp qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obʼektlari, şuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilişini jadallaştiriş, yer resurslaridan oqilona foydalaniş hamda aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantiriş maqsadida muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2021-yilda "Yangi Özbekiston" massivlarini quriş va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida" tarixiy Farmon qabul qilingan edi. Uşbu Farmonga asosan mamlakatimizning barça hududlarida, şu jumladan, Amudaryo tumanida ham "Yangi Özbekiston" massivi qurilişi uçun yer ajratilib, ayni paytda hududda uy-joylar qurilişi jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Manğit şahrining Döstlik mahallasi hududida joriy yilda har biri 5 qavatli bölgan 6ta köp qavatli uylar qurilişi rejalaştirilgan bölib, har biri 30-35ta, jami 185ta xonadonga möljallangan turur joylar qurilişida tumandagi 8ta quriliş taşkilotlari quruvçilari faoliyat olib borişmoqda.
Qad rostlayotgan "Yangi Özbekiston" massivi hududida bozor infratuzilmasi obʼektlari, aholi dam oliş maskani, savdo va maişiy xizmat körsatiş obʼektlari qurilişi ham rejalaştirilgan.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, massiv qurilişining Boş rejasiga köra, keyingi yillarda mazkur hududda jami 65ta köp qavatli turar joy binolari bunyod etiladi va uylarning tomiga quyoş panellari örnatilib, ulardagi xonadonlar soni 2100taga yetkaziladi. Bu "Yangi Özbekiston massivida kelgusida 10 mingdan ortiq aholini zamonaviy şaroitlarga ega uy-joy bilan taʼminlaş imkonini beradi.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶