TUMAN YaNGILIKLARI
Gʻoʻzani birinchi oziqlantirish boshlandi
Tumanimizda 260 ta fermer xoʻjaliklari tomonidan 15 ming 950 gektar yerga oʻz muddatida baraka urugʻi qadalib, ayni kunlarda chigit unib chiqqan maydonlarda gʻoʻzani birinchi oziqlantirish, gʻoʻza qator oralarini kultivatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi.
"Yashil chiroq” tanlovi
18-aprel kuni 16-sonli maktabda "Yashil chiroq” tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Oʻquvchilarga yoʻl harakati qoidalarini chuqurroq oʻrgatish, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, oʻquvchilarning shu hodisalar sababchilariga aylanib qolmasliklari uchun ularning yoʻl harakati qoidalari darslaridan olgan bilim, koʻnikma va malakalarini sinovdan oʻtkazishmaqsadida oʻtkazilgan tanlov yakunida 20-sonli maktab jamoasi 1-oʻrinni, 28- va 42-maktablar jamoalari 2-oʻrinni hamda 11-maktab oʻquvchilari 3-oʻrinni egallashdi.
Xayriya kontserti
21-aprel kuni 3-sonli Bolalar va oʻsmirlar sport maktabi maydonchasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining ashula va raqs dastasi qatnashchilari ishtirokida xayriya kontserti oʻtkazildi.
Dasturga muvofiq ijro etilgan har bir kuy, qoʻshiq, raqs tomoshabinlarga manzur boʻldi. Ayniqsa, soʻz ustasi Valijon Shamsiyevning ichakuzdi hangomalarini tinglab, tomoshabinlar miriqib dam oldilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶