«Özbekiston — 2030» strategiyasi töğrisida
2023-yil 30-aprelda ötkazilgan referendumda umumxalq ovoz beriş orqali Özbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi Yangi Özbekistonni barpo etişning konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlaşga xizmat qildi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiq ötkazilgan prezidentlik saylovi yana bir bor jamiyatimizning siyosiy yetukligi, Yangi Özbekistonni barpo etiş yölida amalga oşirilayotgan islohotlarni xalqimiz töliq qöllab-quvvatlaganidan dalolat bermoqda.
Şu bilan birga, yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy şaroitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yönalişlarini takomillaştiriş va amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarni yangi bosqiçga olib çiqiş talab etilmoqda.
Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi Özbekistonni barpo etiş böyiça xohiş-irodasini röyobga çiqariş, har bir fuqaroga öz salohiyatini rivojlantiriş uçun barça imkoniyatlarni yaratiş, soğlom, bilimli va maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalaş, global işlab çiqarişning muhim böğiniga aylangan kuçli iqtisodiyotni şakllantiriş, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli taʼminlaş maqsadida:
«Özbekiston — 2030» strategiyasida quyidagi asosiy ğoyalar aks ettirilgan:
barqaror iqtisodiy ösiş orqali daromadi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar qatoridan örin oliş;
aholi talablariga va xalqaro standartlarga töliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini taşkil qiliş;
aholi uçun qulay ekologik şaroitlarni yaratiş;
xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etiş;
mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlaş.
«Özbekiston-2030» strategiyasida qonun ustuvorligini taʼminlaş bilan birga, sud-huquq sohasida ham bir qator maqsadlar belgilangan.
Xususan, yagona elektron reyestr yaratiş orqali jinoyat işi qözğatilişidan tortib iş yuzasidan hukm çiqarilguniga qadar bölgan jarayonni individual raqam va QR kodi orqali kuzatib boriş imkoniyatini joriy qiliş, dalillarni töplaş va mustahkamlaş faoliyatini zamonaviy texnologiyalar va sönggi ilmiy yutuqlarni joriy qiliş orqali töliq raqamlaştiriş, sud va boşqa organlarning hujjatlari ijrosini taʼminlaş böyiça işlar toifasining kamida 30 foizini xususiy sektor yordamida ijro etişni yölga qöyiş, jiddiy oqibatlar bilan boğliq yöl-transport hodisalari sonini kamida 50 foizga kamaytiriş, 100 foiz jinoyat işlari va materiallarning elektron şakldagi nusxasini yuritiş va uşbu işlar böyiça elektron hujjat almaşinuvini taʼminlaş belgilangan.
Strategiyada körsatilgan har bir maqsad va körsatkiçlar fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarda körsatilgan huquq va erkinliklarini sözsiz taʼminlaşga xizmat qiladi.
Nukus tumanlararo maʼmuriy
sudi sudyasi A.Saliyev

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶