Jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi
Prezident farmoni bilan jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etilmoqda. Ularga sudga qadar iş yurituv davrida protsessual qarorlarga sanktsiya beriş va maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati beriladi.
10-may kuni prezident Şavkat Mirziyoyevning «Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida şaxsning huquq va erkinliklarini işonçli himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni qabul qilindi.
Hujjatga köra, 2025-yil 1-yanvardan jinoyat işlari böyiça tuman, şahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi. Ular sudga qadar iş yurituv davrida protsessual qarorlarga sanktsiya beriş masalasini körib çiqadi.
Jinoyat işlari böyiça sudga qadar iş yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanktsiyalar faqatgina apellyatsiya instantsiyasida Qoraqalpoğiston sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari, Özbekiston harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta körib çiqiladi.
Şuningdek, tergov sudyalariga maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlarni körib çiqiş vakolati beriladi. Ular körib çiqadigan maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni yuqori instantsiyalarda qayta körib çiqişning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.
Farmonga muvofiq, tergov sudyasiga quyidagi jinoyat materiallarini qöllaş masalasini körib çiqiş vakolati beriladi:
Sanktsiyalar:
qamoqqa oliş yoki uy qamoği tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş bilan boğliq iltimosnoma;
qamoqda saqlaş yoki uy qamoği muddatini uzaytiriş masalalari bilan boğliq iltimosnoma;
pasportning (harakatlaniş hujjatining) amal qilişini töxtatib turiş töğrisidagi iltimosnoma;
murdani eksgumatsiya qiliş haqidagi iltimosnoma;
poçta-telegraf jönatmalarini xatlaş töğrisidagi iltimosnoma;
tintuv ötkaziş haqidagi iltimosnoma;
telefonlar va boşqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan sözlaşuvlarni eşitib turiş, ular orqali uzatiladigan axborotni oliş haqidagi iltimosnoma;
mol-mulkni xatlaş töğrisidagi iltimosnoma;
Majburlov çoralari:
ayblanuvçini lavozimidan çetlaştiriş töğrisidagi iltimosnoma;
şaxsni tibbiy muassasaga joylaştiriş haqidagi iltimosnoma;
ayblanuvçining tibbiy muassasada bölişi muddatini uzaytiriş töğrisidagi iltimosnomasi;
uşlab turiş muddatini 48 soatga qadar uzaytiriş töğrisidagi iltimosnoma;
Prokurorning guvoh va jabrlanuvçining (fuqaroviy daʼvogarning) körsatuvlarini oldindan mustahkamlaş töğrisidagi iltimosnomasi.
«Tergov sudyasi öz faoliyatini mustaqil amalga oşirib, faqat qonunga böysunadi hamda tergov sudyasiga odil sudlovni amalga oşiriş bilan boğliq bölmagan har qanday vazifalar yuklatilişiga yöl qöyilmaydi» — deyiladi farmonda.
Ularni lavozimga tayinlaş va lavozimidan ozod qiliş, şuningdek, sudyalar korpusini şakllantiriş qonunda belgilangan tartibga muvofiq amalga oşiriladi, taşkiliy faoliyatlariga Qoraqalpoğiston sudi, viloyatlar va Toşkent şahar sudlari, Harbiy sud raislari rahbarlik qiladi.
Tergov sudyasi lavozimi uçun ştat birliklari sudlarning mavjud ştat birliklari hamda 2025−2027-yillar uçun ajratiladigan qöşimça ştat birliklari hisobidan şakllantiriladi.
A.Saliyev, Qoraqalpoğiston Respublikasi maʼmuriy sudi sudyasi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶