AMUDARYo TUMANI SPORT MAKTABIDA “SOĞLOM OILA – YaNGI ÖZBEKISTON TAYaNÇI” ŞIORI OSTIDA AYoLLAR ÖRTASIDA VOLEYBOL MUSOBAQALARI ÖTKAZILDI
Oilalarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlaşda ayollarning örni alohida. Ayol soğlom bölgan oilada tinçlik-xotirjamlik, baxt-saodat hamda baraka böladi. Şu bois ham ayollar salomatligini saqlaş, ularni sportga jalb qiliş borasida qator amaliy işlar qilinmoqda. Çunki ayolning biror bir sport turi bilan şuğullanişi, eng avvalo oilada soğlom, har tomonlama yetuk insonlar kamol topişi uçun şaroit yaratadi. Mamlakatimizda deyarli har yili “Ota-onam va men – sportçi”, “Salomatlik uçun 5000 qadam”, “Gimnatstrada – oilamiz uçun quvonç bağişlaydi” mavzularidagi oilaviy sportni rivojlantirişga qaratilgan tadbirlar şu boisdan ham tobora keng qamrov kasb etmoqda.
Amudaryo tumanida “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili” munosabati bilan “Soğlom oila – Yangi Özbekiston tayançi” şiori ostida ötkazilayotgan sport-soğlomlaştiriş tadbirlarida turli mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan ayollar hamda tumanning eng çekka hududlaridagi işsiz, uyuşmagan xotin-qizlar ham faol iştirok etişmoqda. Şunisi eʼtiborliki, ötkazilayotgan sport-soğlomlaştiriş tadbirlari va sportning turli yönalişlaridagi musobaqalar iştirokçilarga kötarinki kayfiyat, jöşqinlik baxş etmoqda.
Joriy yilning 23-24-fevral sanalarida Amudaryo Bolalar va ösmirlar sport maktabining sport maydonida bölib ötgan voleybol musobaqalari ham “Yoşlar va biznesni qöllab-quvvatlaş yili”ga bağişlandi va mazkur musobaqada tumandagi turli mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlardan iborat 12ta jamoa iştirok etdi.
“Soğlom oila – Yangi Özbekiston tayançi” şiori ostida bölib ötgan musobaqalar nihoyatda qizğin bahslarga boy, qiziqarli tarzda ötkazildi. Ikki kun davom etgan qizğin bellaşuvlar halollik va şaffoflik asosida amalga oşirilişi uçun musobaqa taşkilotçilari tomonidan iştirokçi jamoalar aʼzolari musobaqa şartlari bilan oldindan taniştirildi. Unga köra kişloq va mahallalarda eng yaxşi, çaqqon va epçil xotin-qizlardan iborat jamoalar şakllantirilib, musobaqaga oldindan puxta hozirlik körildi.
Voleybol sportidagi asosiy qoidalar, voleybol maydonçasida öyinçilarning joylaşiş tartibi, bir jamoa bilan ikkinçi jamoa aʼzolari örtasida özaro eʼtibor va hurmat tuşunçalari xususida zarur maʼlumot va tavsiyalar berildi. Natijada musobaqalar şaffoflik asosida, döstona vaziyatda ötdi.
Ikki kun davom etgan qiziqarli bahslar natijalariga köra, Amudaryo sport maktabining ayollar jamoasi faxrli 1-örinni egalladilar. Ikkinçi örin esa 63-sonli umumtaʼlim maktabining pedagog ayollar jamoasiga nasib etdi. Uçinçi örin uçun daʼvogarlar köp böldi. Halollik va şaffoflik tamoyiliga köra, jamoalarning voleybol sporti qoidalariga muvofiq körsatgan qiziqarli öyinlari, sportçi madaniyatini saqlaş böyiça hatti-harakatlari eʼtiborga olinib, namunali jamoa sifatida 19-sonli umumtaʼlim maktabi xodimlaridan iborat xotin-qizlar jamoasi uçinçi öringa loyiq körildi.
Jamiyatimizda soğlom maʼnaviy muhitni şakllantiriş, soğlom oilalar safini yanada oşiriş, har tomonlama yetuk va barkamol insonni tarbiyalab, voyaga yetkazişga qaratilgan mazkur tadbir iştirokçilarda özaro döstlik, vatanparvarlik va oilaparvarlik tuyğularini yanada mustahkamlab, jismoniy faollikka undagani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶