YoShLAR BILAN UChRAShUVLAR OʻTKAZILDI
Choykoʻl ovulida yoshlar bandligini taʼminlash, muammo va takliflarini oʻrganish, ularni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumandagi Xalq qabulxonasi mudiri E.Rajabov, tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Temirboyev, tuman hokimi oʻrinbosari M.Shermetov, Yoshlar ishlari Agentligi tuman boʻlimi boshligʻi J.Davletov, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi S.Davletmurodov, va boshqa masʼullar, hududning 120 nafardan ortiq faol yoshlari ishtirok etdilar.
Yigʻilishni tuman hokimi oʻrinbosari M.Shermetov ochdi va yigʻilganlarni kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi.
Shundan soʻng, yigʻilishga tashrif buyurgan yoshlarning takliflari va muammolari tinglandi.
Xususan jami 35 nafar yoshlar oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashishda, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam soʻrab murojaat qildilar. Shuningdek, tadbirkorlik qilish uchun boʻsh bino va yer soʻrab, 42-sonli maktabda sport toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchasini qurishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan yoshlar ham boʻldi.
Yigʻilishda yoshlarning murojaatlariga yechim topish yuzasidan tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Xuddi shunday yigʻilishlar Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini binosida, Xitoy ovulidagi 85-sonli maktabda ham boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvlarda yoshlar faol qatnashib, oʻz muammo va takliflarini bildirdilar, oʻzlarini qiziqtirgan koʻpgina savollariga masʼullardan tegishli javoblar oldilar.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶