25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:52
Jamiyat 👁 306

TADBIRKORLAR MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILMOQDA

TADBIRKORLAR MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILMOQDA

Tadbirkor – elga madadkor. Haqiqatan ham tadbirkor, ishbilarmon insonlar safi oshgan sari xalqimiz turmush farovonligi ham yuksalib borayotganini bugungi kundagi toʻkin-sochinlikda, farovonlikda yaqqol koʻrmoqdamiz. Prezidentimiz ham: “tadbirkor boy boʻlsa, xalq ham boy boʻladi”, - degan iborani bejizga takrorlamaydilar.
Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqiy himoyasini taʼminlashga qaratilgan Farmon va Qarorlarning qabul qilinishi ham, eng avvalo xalq farovonligini yuksaltirish, mamlakat taraqqiyotini yanada yuqori pogʻonaga koʻtarishga yoʻnaltirilgani bilan muhim ahamiyatga ega. Xususan, Prezidentimizning 2019-yil  14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar tadbirkorlar huquqlari buzilishining oldini olish, ularning mulkiy va shaxsiy huquqlarini himoya qilish, oʻzlari faoliyat yuritayotgan yoʻnalishlar miqyosini kengaytirish, bank kreditlaridan maqsadli foydalanishlarini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi tadbirkor toʻla davlat himoyasida. Uning huquqi buzilgan taqdirda yoki oʻz faoliyatini yuritish jarayonida muammolar yuzaga kelganida dardini tinglovchi, zarur yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatib, muammolarini hal qilishda koʻmaklashuvchi davlat va jamoat tashkilotlari doimo yordamga tayyor. Bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi ularning faoliyatini samarali tashkil etish, aniqlangan muammolarni har tomonlama tahliliy oʻrganib, hal etishda tadbirkorlarga eng yaqin koʻmakdosh.
Tumanimizda faoliyat olib boruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining qabulxonasi tomonidan 2020-yil 1-oktyabrgacha hududlarda 32 ta sayyor qabullar tashkil etildi. Olib borilgan targʻibot-tashviqot ishlari hamda oʻtkazilgan suhbatlar davomida qabulxonada jami  238 ta murojaatlar roʻyxatga olindi. Ushbu murojaatlarning 64 tasi oʻtkazilgan sayyor qabullar orqali, 79 tasi bevosita qabulxonaga murojaat qilish orqali,     90 tasi “Ishonch telefoni” orqali, 5 tasi business.gov.uz portali orqali elektron tarzda kelib tushgan.
Roʻyxatga olingan murojaatlardan 162 tasi qanoatlantirildi, 85 tasiga tushuntirishlar berilib, 3 tasi ish  jarayoni hisobiga kiritildi.
Murojaatlar asosan kredit masalasida boʻlib, 65 ta, shu jumladan,  “Yoshlar — kelajagimiz” dasturi orqali 3 ta, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi boʻyicha 23 ta, boshqa yoʻnalishlardagi tadbirkorlik faoliyati uchun 14 ta, shuningdek, xorijiy valyutada kredit olish boʻyicha kelib tushgan arizalarning asosiy qismi qanoatlantirildi. Bundan tashqari, koronavirus pandemiyasi natijasida faoliyatida zarar koʻrayotgan tadbirkorlar tomonidan kredit muddatini uzaytirish boʻyicha  qilingan murojaatlar ham qanoatlantirilib, ayrimlariga huquqiy maʼlumotlar berildi.
Yer, kadastr va arxitektura, qurilish masalalari, jumladan, yer resurslari va davlat kadastri hamda fermer xoʻjaliklari yer masalalari va bino-inshootlar ajratish masalalari boʻyicha qabulxonaga kelib tushgan murojaatlar ham atroflicha oʻrganilib, zarur yordam va tushuntirishlar berildi
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasiga turli masalalarda murojaat qilayotgan tadbirkorlarga huquqiy maslahatlar berish, Respublika va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan koʻrib chiqiladigan muammo va masalalarni oʻz vaqtida ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik tizimi yoʻlga qoʻyilgan. Aynan shu yoʻnalishda infratuzilma, soliq masalalari hamda hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha zarur huquqiy maslahatlar berib borilmoqda.
Qabulxona tomonidan korxona va tashkilotlarga yuborilgan murojaatlarni koʻrib chiqish mobaynida muddat buzilishi, yuzaki koʻrib chiqish holatlari boʻyicha korxona, tashkilot rahbarlariga, xususan, ATB “Agrobank” tuman filialiga va QR “Yermulkkadastr” DK tuman filiali, “Mikrokreditbank” Mangʻit filialiga kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xatlar kiritildi.
Oʻtgan davr mobaynida tadbirkorlarning jamoatchilik Kengashi tomonidan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga toʻsiq va gʻov boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi huzuridagi tadbirkorlarning jamoatchilik Kengashiga 14 ta taklif kiritildi.
Qabulxona tomonidan oʻtkazilayotgan sayyor qabullarda Stomatologiya faoliyatini boshlash uchun davlat roʻyxatidan oʻtishda va faoliyatiga litsenziya olishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan Baxtiyor Abdullayevning murojaati boʻyicha qabulxona tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtishda hamda ruxsatnomalar, litsenziyalar va hujjatlar rasmiylashtirish masalalarida amaliy yordam berilib, qisqa muddatda ijobiy hal etilishiga erishildi. Shuningdek, tadbirkor Islom Jumamurodov shu yil mart oyidan karantin sababli faoliyat yuritmagan boʻlsa-da, tuman suv idorasi xodimlari suvdan foydalanganlik uchun aslida 350 ming soʻmlik qarzdorlikni 8 mln. soʻm deb asossiz hisoblashganligi boʻyicha murojaat qildi. Ushbu masala ham Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan koʻrib chiqilib, ijobiy hal etildi.
Shuni alohida eʼtirof etish kerakki, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi tomonidan oʻtkazilayotgan sayyor qabullar jarayonida oʻnlab tadbirkorlarning murojaatlari ijobiy hal etilayotgani tufayli tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning Qabulxona faoliyatiga ishonchi tobora ortmoqda. Qanday muammo boʻlishidan qatʼiy nazar, barchasi ochiqlik va shaffoflik, huquqiy mezonlar asosida oʻrganilmoqda. Masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy yechim topilayotgani bois, tadbirkorlar ham minnatdor boʻlishmoqda.

M.Urazboyev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Amudaryo tumanidagi

Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026