19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 11:51
Jamiyat 👁 332

FAVQULODDA VAZIYaTLARDA FUQARO MUHOFAZASINI TAʼMINLASh BOʻYIChA TAKTIK OʻQUV-MAShGʻULOTLARI OʻTKAZILDI

FAVQULODDA VAZIYaTLARDA FUQARO MUHOFAZASINI TAʼMINLASh BOʻYIChA  TAKTIK OʻQUV-MAShGʻULOTLARI OʻTKAZILDI

Hayot faoliyati davomida xalqimizning  xavfsizligini taʼminlash, inson hayoti va faoliyati uchun qulay sharoit, yaʼni insonlar tomonidan shakllantirilgan muhitni va ishlab chiqarishda mehnat muhofazasini tashkil etish, atrof-muhitga texnogen taʼsirlarni kamaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy texnik vositalardan, nazorat usullaridan hamda maʼlumot va mavjud vaziyatlardan oqilona foydalanish hisobiga inson hayoti va sogʻligini asrash bilan  bogʻliq kompleks vazifalarni ado etishda Favqulodda vaziyatlar Boshqarmasi, xodimlari tomonidan bajariladigan ishlar bu borada alohida oʻrin tutadi.

Xususan, turli koʻrinishdagi xavf-xatarlar, yashash muhiti xavflari, xavfli tabiiy hodisalar, yoʻl-trasport harakatiga oid, shuningdek, elektr uskunalaridan foydalanish boʻyicha texnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi, yongʻin xavfi inson hayotini xavf ostida qoldiradi. Bunday favqulodda hodisalar sodir boʻlganda fuqarolar muhozafasini taʼminlash, xavfni bartaraf etish choralarining tezkorlik bilan koʻrilishi koʻplab falokatlarning oldi olinishini taʼminlaydi.

21-oktyabr kuni tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan “Jayxun mobil gaz” masʼuliyati cheklangan jamiyati taktik oʻquv-mashgʻuloti oʻtkazildi. Tadbirga jami 63 ta shaxsiy tarkib va 12 ta texnika jalb qilindi. Mazkur taktik oʻquv-mashgʻulotida “Jayxun mobil gaz”  masʼuliyati cheklangan jamiyatida favqulodda vaziyat sodir boʻlganda, yongʻin kelib chiqqanda, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganda, elektr uskunalaridan notoʻgʻri foydalanganda, shuningdek, is gazidan zaharlanish holatlari kabi inson hayotiy faoliyati bilan bogʻliq xavf-xatarlar yuz berganda tuman Favqulodda vaziyatlar Boshqarmasi va davlat  tashkilotlari xodimlarining hamkorlikdagi harakatlari amaliy mashqlar orqali koʻrsatib berildi.

Shuningdek, Amudaryo paxta tozalash zavodida ham ana shunday taktik oʻquv-mashgʻuloti oʻtkazildi. Unda 51 ta shaxsiy tarkib aʼzolari, 14 ta texnika vositalari ishtirok etdi. Mashgʻulotlarda mazkur sanoat korxonasi hududida tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, inson faoliyati bilan bogʻliq turli koʻrinishdagi xavf-xatarlar, xususan, yongʻin chiqqanda, texnika xavfsizligi qoidalari buzilganda, elektr uzatish tizimlaridan notoʻgʻri foydalanganda, is gazidan zaharlanganda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan tezkor harakatlar amaliy mashqlar orqali namoyish etildi.

Shu kuni Qipchoq panton koʻprigida ham 51 ta shaxsiy  tarkib va 11 ta texnika jalb qilingan holda taktik oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazildi. Tuman Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi davlat tashkiloti hamkorligidagi taktik  oʻquv-mashgʻulotlarida Amudaryo ustiga qurilgan panton koʻprigida  favqulodda hodisalar sodir boʻlganda mavjud vaziyatdan kelib chiqib amalga oshiriladigan qutqaruv ishlari, ofatni bartaraf  etish choralari boʻyicha amaliy mashqlar oʻtkazildi. Xususan, panton koʻprigida falokatli holatlar kuzatilganda, yongʻin xavfi, elektr uskunalaridan notoʻgʻri foydalanish, shuningdek, koʻprik hududida muz tiqilganda suv toshqini  yuz berganda amalga oshiriladigan tezkor qutqaruv ishlari amaliy mashqlar orqali koʻrsatildi.

Bu kabi taktik oʻquv-mashgʻulotlarini oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad, xalqimizning salomatligi, tinch-osoyishtaligi hamda mamlakat, shu jumladan tumanimiz iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashga hissa qoʻshishdir.

Taktik oʻquv-mashgʻulotlarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar ham alohida qayd etilib, kelgusida  bunday nuqsonlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026