25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 16:54
Jamiyat 👁 483

TUMAN MAHALLA VA OILANI QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻLIMI BINOSINING OChILISh MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

TUMAN MAHALLA VA OILANI QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻLIMI BINOSINING OChILISh MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Joriy yilning 3-oktyabr sanasida tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Rahmatjon Mamatov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri Sagʻindiq Turmanov, birinchi oʻrinbosari Maryam Ahmedova, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev, boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova va boshqa masʼullar, korxona-tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdilar.

Ilgari tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi faoliyat olib borgan mazkur binoning rekonstruktsiya ishlari mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan pudratchi tashkilot “Temir beton” MChJ tomonidan olib borilgan. Qurilish-taʼmirlash ishlariga jami 755 mln. soʻm mablagʻ sarflangan boʻlib, binoda barcha qulaylik hamda shart-sharoitlar yaratilgan, zamonaviy koʻrinishga keltirilgan.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda mahalla va oilani yanada qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrnini yanada mustahkamlash orqali aholining turmush farovonligini, insonlarning hayotdan rozi boʻlib yashashlarini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilib, koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi xususida soʻz yuritdilar. Shuningdek, Prezidentimizning 18-fevral kungi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bu boradagi vazifalarni amalga oshirishda muhim dasturulamal boʻlib xizmat qilayotganini qayd etdilar.

Mazkur Farmon bilan tashkil qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman boʻlinmalari tomonidan jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining toʻlaqonli va samarali joriy etilishiga har tomonlama koʻmaklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorlikni oʻrnatish, oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash borasida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Amudaryo tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi ham belgilangan vazifalarni amalga oshirishda samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Boʻlim tomonidan tumandagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini, jamiyatdagi oʻrni va rolini kuchaytirish, aholi kundalik muammolari bilan ishlash, mahallalarda qonun ustuvorligini taʼminlash va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amaliy ishlar qilinmoqda. Undan tashqari, yolgʻiz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarga moddiy koʻmaklashish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, notinch va muammoli oilalarga manzilli koʻmaklashish, xotin-qizlarning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, ularning bandligini taʼminlash borasida har tomonlama manzilli ishlar tashkil etilmoqda.

Marosimda soʻzga chiqqanlar tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi masʼullarini yangi bino ochilishi bilan samimiy tabrikladilar va kelgusidagi ishlarida yangi zafarlar, yutuqlar, muvaffaqiyatlar tiladilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026