25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 16:54
Jamiyat 👁 247

TUMANDAGI FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLAR OʻZBEKISTON FUQAROSI BOʻLDI

TUMANDAGI FUQAROLIGI BOʻLMAGAN ShAXSLAR OʻZBEKISTON FUQAROSI BOʻLDI

Mamlakatimizda 2020-yil 13-martda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston fuqaroligi berilishi boʻyicha yangi tamoyillar belgilandi. Qonunga binoan 1995-yilning 1-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy roʻyxatdan oʻtib, fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun yashash guvohnomasi bilan yashab kelayotgan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish tartibi kiritildi.
Ushbu qonun hujjati ijrosini taʼminlash borasida tumanimizda ham samarali ishlar qilinmoqda. Joriy yilning 28-sentyabr kuni tuman Ichki ishlar boʻlimida  hududdagi 29 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston fuqaroligi pasporti topshirildi. Ushbu marosimda tuman hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amudaryo tumanidagi Xalq qabulxonasi boshligʻi Erkin Rajabov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, tuman prokurori yordamchisi Sulton Yormuhammedovlar ishtirok etdilar.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, joriy yilning shu davriga qadar tumanda jami 85 nafar shaxslarning Oʻzbekiston fuqaroligini olish toʻgʻrisidagi arizalari qabul qilingan boʻlib, arizalar tuman Ichki ishlar boʻlimining Xorijga chiqish-kelish va fuqarolik boʻlimi tomonidan oʻrganilmoqda. Shu kunga qadar ulardan 49 nafariga Oʻzbekiston fuqaroligi pasporti berilgan boʻlib, qolgan 36 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning arizalari oʻrganilib, Oʻzbekiston fuqaroligi berish choralari koʻrilmoqda.  
Taʼkidlash kerakki, yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish tartib-taomillari liberallashtirildi. Bolaning fuqarolik sohasidagi huquqlari mustahkamlanib, Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari boʻyicha shikoyat qiluvchi shaxslarning eʼtirozlari kamaymoqda. Shuningdek, mamlakat hududida doimiy istiqomat qiladigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soni keskin qisqarib, yurtdoshlarimiz Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilinmoqda.
Tadbirda ishtirok etgan masʼullar ushbu qonun hujjati talablariga muvofiq, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan, 2020-yil 1-aprel kuniga qadar fuqaroligi boʻlmagan shaxs uchun Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi asosida yashab turgan
va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlish istagini bildirgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs Qonunda koʻrsatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinishini aytib oʻtdi. Ushbu keltirilgan shartlardan loaqal birining mavjud emasligi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olishni rad etishga asos hisoblanishini taʼkidlashdi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinib, shaxsini tasdiqlovchi yangi hujjatga ega boʻlgan yurtdoshlarimiz koʻp yillik orzulari ushalganidan nihoyatda xursand boʻldilar. Har biri shu aziz Vatan, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishga imkon boricha harakat qilishlarini aytib, yaqindan yordam bergan masʼullarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026