17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 11:42
Jamiyat 👁 253

BIR SUD – BIR INSTANTsIYa TAMOYILI JORIY ETILADI

BIR SUD – BIR INSTANTsIYa TAMOYILI JORIY ETILADI

Mamlakatimizda kun tartibiga qoʻyilgan adolatli jamiyat barpo etish, barcha sohalarda adolatni qaror toptirish tamoyili bugun har bir yurtdoshimiz hayotida oʻz ifodasini topmoqda.
Bu jarayonda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini  ishonchli himoya qilish, odil sudlovga erishish, sudlar mustaqilligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz rahbarligida 2017-yil 13-iyunda sudyalar bilan oʻtkazilgan tarixiy yigʻilishda sudlardagi yillar davomida bartaraf etilmayotgan muammolar tanqidiy muhokama qilinib, ularni bartaraf qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilanishi mustaqil Oʻzbekistonimizda sud-huquq sohasida yangi davrni boshlab berdi.
Sud-huquq tizimini isloh qilish va tartibga solishga oid muhim Farmon, qaror va meʼyoriy hujjatlar qabul qilindiki, sohaning huquqiy asoslari yanada mustahkamlandi. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu boradagi izlanish va islohotlar hali davom etmoqda. Chunki, hayotning oʻzi sud-huquq tizimini dunyo andozalariga yanada yaqinlashtirish, uni turli byurokratik toʻsiqlardan holi qilishni kun tartibiga qoʻymoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni bu boradagi navbatdagi muhim qadam  boʻldi.
Fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda koʻrish sifatini oshirish hamda xolis,  adolatli  va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligini va tortishuvchanligini  amalda taʼminlash mexanizmlarini kengaytirishga qaratilgan mazkur Farmon sohada yechimini kutayotgan koʻplab masalalarga oydinlik kiritdi.
Jumladan, Farmonga binoan viloyat darajasidagi fuqarolik, jinoyat va iqtisodiy sudlari birlashtirilib, ularning negizida sudyalarning qatʼiy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda yagona umumyurisdiktsiya sudlari tashkil etiladi.
Sud tizimida ortiqcha sud bosqichlarini bekor qilish orqali “Bir sud – bir instantsiya” tamoyili joriy etiladi.
Apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilgan sud qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari tomonidan kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlari tomonidan kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan sud qarorlarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va oʻrinbosarlari protestiga koʻra kassatsiya tartibida takroran koʻrib chiqish amaliyoti joriy qilinib, sud qarorlarining sifatini oshirish va barqarorligini taʼminlash, sudda har bir ish boʻyicha yakuniy toʻxtamga kelish hamda fuqarolar va tadbirkorlar sarson boʻlishining  oldini olishga  qaratilgan  sud ishlarini nazorat tartibida koʻrish instituti tugatiladi.
Prezidentimiz tomonidan sud-huquq sohasida  belgilab berilgan vazifalarni izchil amalga oshirishga, sudlar shaffofligini taʼminlashga, fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirishga, ishlarni sudda koʻrish sifatini  oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy  sud qarorlarini qabul qilishga, sud hokimiyatini mustaqilligini taʼminlash hamda aholining sudga boʻlgan ishonchi ortishiga xizmat qiladi.

A.Abdukarimov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jinoyat ishlari boʻyicha sudi sudyasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019