AMUDAPYo TUMANIDA BIP KUNDA IKKITA YaNGI OILAVIY NODAVLAT MAKTABGAÇA TAʼLIM TAŞKILOTI IŞ BOŞLADI
Butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham yoş avlod kamoli yölidagi ilk va masʼuliyatli bosqiç bölgan maktabgaça taʼlim taşkilotlari sonini köpaytiriş, ularda taʼlim-tarbiya işlarini samarali olib boriş va pirovardida bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlaş böyiça köpgina amaliy işlar qilinmoqda. Xususan, 2018-yilga nisbatan 2019-yilda bolalarni maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qamrab oliş darajasi 8,3 foizga ösdi. Tuman miqyosida 3-7 yoşgaça bölgan bolajonlarning 45,5 foizi maktabgaça taʼlim taşkilotlariga jalb etildi.
Yangi yil bayrami arafasida amudaryolik bolajonlar va ularning ota-onalari uçun quvonçli voqea sodir böldi – har biri 25 nafardan bolajonlarga taʼlim-tarbiya berişga möljallangan 2 ta oilaviy nodavlat maktabgaça taʼlim taşkiloti foydalanişga topşirildi.
Bunungdek savobli işga qöl urganlarning biri Farovon mahallasida yaşovçi yakka tadbirkor Zamira Örozboyevadir. Zamonaviy, namunali uslubda qurilgan 3 xonali 6 sotixlik uçastkada joylaşgan muhtaşam hovlida bolajonlar uçun barça şaroitlar yaratilgan. Bolalar dunyosiga xos bezatilgan, turli öyinçoqlar bilan taʼminlangan taşkilot iş boşlaşi bilan-oq, hududning 25 nafar jajji öğil-qizlarini öz bağriga oldi.
Çoyköl ovulida namunaviy loyihalar asosida 6 sotixlik uçastkada joylaşgan 3 xonali uyda oilaviy maktabgaça taʼlim taşkiloti taşkil etgan yakka tadbirkor Safarboy Annamuradov ham hududdagi köpçilik ota-onalarning olqişiga sazovor böldi. Çunki farzandlaridan xotirjam bölgan odamgina iş kunini unumli ötkazadi. Uşbu taşkilotga ham 25 nafar bolajonlar qamrab olinib, 3 ta yangi iş örni yaratildi.

Uşbu maktabgaça taʼlim taşkilotlarining işga tuşurilişiga bağişlangan tantanada tuman hokimi örinbosarlari Alişer Yöldoşev, Jasur Norimovlar tuman maktabgaça taʼlim bölimi mudirasi Saida Sadiqova va mahalla fuqarolar yiğini masʼullari, ota-onalar iştirok etdi. Mehmonlar yangi taşkilotlarda tarbiyalanuvçilar uçun yaratilgan şaroitlar bilan tanişib, yuqori baho berdilar.
Çindan-da yoş avlod kelajagi yölida qilingan har qanday ezgu iş eʼtiroflarga loyiqdir.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶