Amudaryo tumanida Prezidentimiz maʼruzasi zoʻr qiziqish bilan oʻrganilayapti
10-dekabr kuni 82-sonli umumtaʼlim maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi maʼruzasini oʻrganish maqsadida tadbir oʻtkazilib, unda maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Tadbirda jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Azat Seytanov Prezident maʼruzasi matnini oʻqib eshittirdi.
Prezident maʼruzasini oʻrganishga bagʻishlangan ushbu tadbirda fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi Yerkin Uteniyazov, Iqtisodiy ishlar boʻyicha tuman sudi raisi Oʻtkir Sobirov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tumanimizdagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajapovlar soʻzga chiqishib, tadbir ishtirokchilariga muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev maʼruzasining mazmun-mohiyati yuzasidan keng turda tushunchalar berdilar.
Bunday tadbirlar tuman hokimligida, Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar ittifoqi tuman Kengashida va tuman ichki ishlar organlari probatsiya guruhida ham oʻtkazildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶