Saylovlarga tayyorgarlik jadal surʼatlarda olib borilmoqda
Mamlakatimizda joriy yilning 22-dekabr kuni bölib ötadigan saylovlarga tayyorgarlik işlari ayni paytda yanada qizğin tusga kirdi. Çunki, uşbu muhim siyosiy jarayonga sanoqli kunlar qoldi.
Tuman hududida taşkil etilgan saylov komissiyalari qonuniylik, oşkoralik va adolatlilik printsiplariga qatʼiy amal qilgan holda öz faoliyatlarini olib borişmoqda. Şuningdek, saylovni milliy qonunlarimiz, boy tajribamiz va umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar talablariga mos ravişda yuqori saviyada ötkaziş maqsadida tayyorgarlik işlari jadal surʼatlarda davom ettirişmoqda.
Saylovçilarga qulay şaroit yaratiş maqsadida 16-sonli maktab binosida joylaşgan 81-saylov uçastkasi ham jihozlanib, tayyor holatga keltirildi. Uşbu saylov uçastkasi hududida saylaş huquqiga ega bölgan 2420 nafar fuqaro istiqomat qiladi.
Saylov uçastkasida xarita, saylov komissiyalari töğrisidagi axborot va boşqa zarur maʼlumotlardan iborat bannerlar örnatildi. Uçastka xonalari qonunçilikda belgilangan talablar asosida jihozlandi. Şuningdek, zarur texnika vositalari – telefon, faks, nusxa köçiriş apparati va tegişli adabiyotlar bilan taʼminlandi. Saylov qonunçiligiga oid maʼlumotlar, saylovçilar huquq va majburiyatlari töğrisidagi tarğibot vositalari körinarli joyga osib qöyildi. Ovoz beriş kabinalari, statsionar va köçma saylov qutilari ham keltirilib, xonalarga joylaştirildi.
Saylovlarga tayyorgarlik köriş va uni uyuşqoqlik bilan ötkaziş maqsadida uçastka saylov komissiyasi aʼzolari öz faoliyatini bevosita Özbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi va tuman saylov komissiyasining körsatmalari, topşiriqlari asosida amalga oşirişmoqda. Uçastka saylov komissiyasi raisi Ravşan Örozboyeva, rais örinbosari Nilufar Xolboyeva hamda kotib Nasiba Hayitmurodovalar komissiya aʼzolari bilan hamkorlikda tarğibot va taşviqot işlarini qizğin tarzda taşkil etişmoqda.
Ayni paytda uçastkada belgilangan navbatçilik jadvali asosida masʼullar taşrif buyurayotgan fuqarolar bilan tuşuntiriş işlarini olib borişmoqda. Şuningdek, komissiya aʼzolaridan Maryam Ahmedova, Xayrulla Gulmonov, Dildor Örozaliyeva, Nargiza Qurbonboyevalar saylovçilarni saylovçilar röyxati bilan taniştirib, röyxatdagi noaniqliklar haqidagi arizalarni qabul qilişmoqda. Saylov kuni öz yaşaş joyida böliş va ovoz berişda qatnaşiş imkoniyati bölmagan saylovçilardan komissiya aʼzolari Dinora Qöçqorova, Ötkir Bobojonov, Bozorboy Xolimbetov, Muqaddas Xöjaniyozovalar saylov konvertlarini qabul qilib, tegişli özgartişlar kiritiş masalasini hal qilişmoqda. Undan taşqari, hududlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan ham fuqarolarni qiziqtirgan savollarga töliq va batafsil javoblar berilmoqda.
Uçastkaga taşrif buyurayotgan fuqarolarga, ayniqsa, birinçi marta ovoz beradiganlar, nuroniylar, imkoniyati çeklangan şaxslar hamda yoşlarga yangi Saylov kodeksining mazmun-mohiyati keng tuşuntirilib, huquqiy bilimlari oşirilmoqda. Ötkazilayotgan tarğibot-taşviqot tadbirlari davomida har bir fuqaro saylovlarda faol iştirok etişga daʼvat etilmoqda va ularda daxldorlik tuyğusini kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶