16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 23:35
Jamiyat 👁 794

Qaynotasini ketmon bilan urgan kelin Xotin-qizlar qoʻmitasining kafilligi asosida jazodan ozod qilindi

Qaynotasini ketmon bilan urgan kelin Xotin-qizlar qoʻmitasining kafilligi asosida jazodan ozod qilindi

2019-yil 10-oktyabr kuni Qoraqalpogʻiston Pespublikasi jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan tumanning Doʻrman ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida sayyor sud majlisi oʻtkazildi. Unda ovul hududida yashovchi fuqaro Poza Sobirovaning jinoyat ishi koʻrib chiqildi.

Mazkur sud majlisida koʻrib chiqilgan jinoyat ishiga sabab boʻlgan voqea shunday boʻlgan edi:

Fuqaro Poza Sobirova oilasi bilan qaynota va qaynonasidan alohida, “Doʻrman” ovuli hududidagi uyda yashab kelayotgan edi. Uning qaynotasi, yaʼni mazkur sud ishida jabrlanuvchi sifatida qayd qilingan Farhod Xalmuratov spirtli ichimliklar ichib, oʻz turmush oʻrtogʻi, yaʼni sudlanuvchining qaynonasi Gulshod Jumaniyazova bilan oʻzaro janjallashgani sababli qaynonasi ham uning uyiga kelgan edi. 2019-yil 11-iyul kuni soat 12:30 lar atrofida qaynotasi oʻz turmush oʻrtogʻi, yaʼni sudlanuvchining qaynonasi Gulshod Jumaniyazovani olib ketish maqsadida kelinining uyiga mast holda keladi. Janjal boʻlishini istamagan kelini uyining eshigini qulflab, qaynotasini uyiga kiritmaydi. Spirtli ichimlik taʼsirida oʻz aqlu xushini yoʻqotgan qaynota esa qarshilikka qaramay, uyga kirishga harakat qiladi. Qaynotasining eshikni ocholmay, derazadan kirishga harakat qilayotganini koʻrgan kelin dastlab unga bu yerdan ketishini, uyiga borib, dam olishi kerakligini aytadi. Ammo, mast qaynota kelinining gapiga parvo qilmay, derazadan buzib kirish harakatini davom ettiradi.

Bundan achchiqlangan kelin jahl ustidami, yoki qaynonasini himoya qilish uchunmi, uyida turgan ketmon bilan qaynotasining koʻkrak qismi orqali chap tomoniga zarb bilan uradi. Zarbaga chiday olmagan, buning ustiga mast boʻlgani sababli oyogʻida zoʻrgʻa turgan qaynota shu zahoti yerga yiqiladi.

Sud-tibbiy ekspertizasining 2019-yil 25-iyul kungi 223-sonli xulosasida fuqaro Farhod Xalmuratovga hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan ogʻir darajadagi shikast yetkazilganligi qayd qilinadi va kelini Poza Sobirova Oʻzbekiston Pespublikasi jinoyat kodeksi 104-moddasining 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, tergovga jalb qilinadi.

Dastlabki tergov organi tomonidan sudlanuvchi Poza Sobirova fuqaro Farhod Xalmuratovning badaniga ogʻir shikast yetkazgani ekspertiza xulosasi va boshqa daliliy ashyolar bilan tasdiqlandi.

Sud majlisida sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning koʻrsamalari, davlat ayblovchisining fikri tinglandi.

Sudlanuvchi Poza Sobirovaga nisbatan jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar eʼtiborga olindi. Jumladan, sudlanuvchining shaxsi, uning muqaddam sudlanmaganligini va jinoiy javobgarlikka tortilmaganligi, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligi, oilaviy sharoiti, qaramogʻida 2 nafar voyaga yetmagan farzandi borligi, arizachi Farhod Xalmuratovning sudlanuvchiga nisbatan hech qanday daʼvosining yoʻqligi inobatga olindi.

Amudaryo tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova sudlanuvchini jinoiy jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma hamda kelgusida uning salbiy holatlar sodir qilmasligi toʻgʻrisidagi kafolat xati bilan sudga murojaat qildi.

Shuningdek, “Doʻrman” ovul fuqarolar yigʻini tomonidan berilgan ijobiy tavsifnoma hamda mazkur jinoyat uncha ogʻir boʻlmagan jinoyatlar turkumiga kirishi etiborga olinib, sudlanuvchi Poza Sobirova sud hukmi bilan Oʻzbekiston Pespublikasi jinoyat kodeksining 71-moddasiga asosan jazodan toʻliq ozod qilindi.

Doʻrman ovul fuqarolar yigʻini binosida boʻlib oʻtgan ushbu sayyor sud majlisi unda ishtirok etganlarni ogohlik va xushyorlikka chorladi. Zero, muntazam ravishda spirtli ichimlik isteʼmol qilish nafaqat uni isteʼmol qilgan kishining sogʻligi va shaxsiy hayotini izdan chiqaradi, balki oilasining ham tinchini buzib, porakanda boʻlishiga sabab boʻladi.

S.Davletmuratov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026