AMUDARYo TUMANI DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA YIL BOShIDAN ShU KUNGAChA 20 MINGGA YaQIN ShAXSLARGA DAVLAT XIZMATLARI KOʻRSATILDI
Mamlakatimizda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimining aholi va tadbirkorlik subʼektlari ehtiyojlarini toʻliq qanoatlantiradigan sifat jihatidan yangi darajaga oʻtishini taʼminlash maqsadida ham yuridik, ham jismoniy shaxslarga «yagona darcha» tamoyili boʻyicha xizmatlarni taqdim qiluvchi Davlat xizmatlari markazlari tashkil qilingan.
Tuman va shaharlarda tashkil kilingan davlat xizmatlari markazlarida qisqa muddatda minglab murojaatlar qabul qilinib, aholining davlat xizmatlaridan keng foydalanishini taʼminlash, ularni koʻrsatish bilan bogʻliq vaqt va moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, aholining davlat organlari faoliyatidan qanoatlanganlik darajasini oshirish imkonini bermoqda.
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi joriy yil boshidan 20 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini tez va sifatli koʻrsatib, shundan 18 mingdan ziyod davlat xizmatlari jismoniy shaxslarga, 1 mingdan ziyod davlat xizmatlari yuridik shaxslarga koʻrsatilgan boʻlib, bu koʻrsatkich oʻtgan yil shu davriga nisbatan yuqori darajada ekanligini koʻrsatmoqda.
Markazda joriy yilda mingdan ziyod tadbirkorlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Davlat xizmatlari markazlari orqali yuridik va jismoniy shaxslarga bir joyning oʻzida bir qancha xizmatdan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazida aholiga koʻrsatilayotgan xizmatlar haqida jamoatchilikni xabardor qilish maqsadida sayyor tartibda uchrashuvlar, targʻibot tadbirlar muntazam ravishda olib borilib, natijada aholining markaz orqali davlat xizmatlaridan foydalanish koʻrsatkichlari kun sayin ortmoqda.
Umida Saparbayeva, Tuman davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶