14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:15
Maqolalar 👁 1,320

U BIPINChILAPDAN EDI...

U BIPINChILAPDAN EDI...

Yangiboy Yavidov 1934-yilning 14-noyabrida Mangʻit tumanining Oʻrta qalʼa ovulida tavallud topdi. Pahmatlik padari Yavda bobo oʻz zamonasining oʻqimishli va maʼrifatli kishilaridan boʻlib, Xivadagi Shergʻozixon madrasasida tahsil olgan ekanlar. Yavda bobo tariqat ahlidan boʻlib, el-ulus orasida obroʻ-eʼtibori nihoyatda yuksak boʻlgan. Bobo keksaygan bir pallada koʻrgan yagona farzandi Yangiboyning ham ilmli boʻlishini istab, oʻgʻlining oʻqishi uchun oilada zarur sharoitlarni yaratib berganlar.

Yangiboy Yavidovning yoshlik va oʻquvchilik yillari ikkinchi jahon urushi va urushdan keyingi algʻov-dalgʻovli davrlarga toʻgʻri keladi. Oʻsha paytlarda oʻn yillik umumtaʼlim maktablari hali faqat tuman markazlaridagina boʻlib, chekka qishloq joylardagi aksariyat yoshlar yettinchi sinfni bitirgach, kolxozlarda ishlab qolib ketar edilar. Yangiboy Oʻrta qalʼa ovulidagi yetti yillik maktabni bitkazgach, ilmga chanqoqligi tufayli 1948-yilda Mangʻit shahridagi 1-sonli oʻrta maktabning 8-sinfiga oʻqishga qatnay boshlaydi. Shahargacha hali toʻgʻri yoʻllar qurilmagan oʻsha kezlarda Yangiboyning dala va qamishzor koʻllar, Yusuf xoʻja va Sart ovul hududlarini qishning qahraton kunlari va asadning jaziramalarida har kuni poyu-piyoda bosib oʻtishiga toʻgʻri kelgan.

Har bir voqea va hodisaning avval ibtidosi va keyin esa intihosi zuhr boʻlishi kabi bu tinib-tinchimas yoshgina yigitning ilm olish yoʻlida qilgan mehnatlari, totgan azoblari keyinchalik uning hayotida oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatdi. Alisher Navoiy lafzi bilan aytganda:

Tuxum yerga tushib chechak boʻldi,

Qurt mehnat qilib ipak boʻldi.

Soʻzimiz avvalida Yavda boboning masjid va madrasa koʻrgan yuksak ong-farosat va ilm sohibi ekanliklarini eslatib oʻtgan edik. Yavda bobo oʻz oʻgʻliga kasb tanlash masalasida shunday hikmatlar yozib qoldirgan ekanlar:

“Dunyoda shunday bir ulugʻ va olijanob kasb borki, hech bir kasb bunga teng kela olmaslar, bu – tabobat (tabiblik) kasbidir.

Zero, oʻz sogʻligini yoʻqotgan odamga na mol-u mulk, na oltin-kumush, na mansab, na ilm tatiydi, hatto eng yaxshi musiqa sadosi ham unga yoqmaydi. Xasta odam kecha-yu kunduz oʻz dardidan forigʻ boʻlishni oʻylaydi, xolos. U bu darddan xalos boʻlmogʻi uchun hech bir narsasini ayamaydi ham.

kasblar yaxshi, barchalari ham hayotda insoniyat uchun sharafli va zaruriydir. Ammo tabobat (tabiblik) dan zarurroq biron kasbu korni men hech anglab bilolmadim. Ushbu kasbning etagidan mahkam ushlashingni sendan ota sifatida soʻrar edim, oʻgʻlim Yangiboy” deb arabiy “nastaligʻ” xatida vasiyat qoldirgan ekanlar.

Umumtaʼlim maktabini aʼlo baholarga bitirgan Yavda boboning yagona farzandi Yangiboy Yavidov tuman yoshlaridan birinchi boʻlib 1951-yilda Toshkent Tibbiyot institutining davolash fakultetiga oʻqishga kiradi.

Sabr-qanoat, bardosh, ota tarbiyasi va duosi uni doimo oldinga, qiyinchiliklardan esa gʻoliblikka yetaklaganini rahmatlik Yangiboy aka hayotlik chogʻlarida uning xonadonida boʻlib oʻtgan bir suhbat asnosida juda chiroyli qilib aytib berganligini hali-hanuz hurmat va ehtirom bilan eslab kelaman.

Olis qishloqdan kelgan, moddiy taʼminotsiz talaba, hech qayerda ishlamaydigan, yoshi bir joyga borib qolgan keksa cholning yagona farzandi ikkinchi jahon urushidan keyingi ogʻir yillarda Toshkentday shahri azimda oʻqib, kun kechirishini bir tasavvur qilib koʻring-a! Onadan yetim qolib, yolgʻiz keksa otasi qoʻlida tarbiya topgan Yangiboy bolalik yillaridayoq otasining pand-nasihatlarini ruhiyatiga singdirib, halol mehnatda toblangan edi.

1956-yilning yoz faslida mahalliy aholi yoshlari orasida birinchilardan boʻlib Toshkent Tibbiyot institutini bitirib, oʻzi tugʻilib-oʻsgan qadrdon yurti, Mangʻit tumanining markaziy shifoxonasiga davlat taqsimot hayʼatining yoʻllanmasi bilan jarroh-shifokor boʻlib ishga kelgan kunini Yangiboy Yavidov shunday eslagan edilar:

“Men dastlab yumushga kelgan paytim shifoxonada Gauxman Vladimir Pankusovich bosh shifokor va jarrohlik ishlarini ham uddalab kelayotgan ekanlar. Bu inson tom maʼnodagi haqiqiy shifokor edilar. Undan jarrohlik amaliyotidagi oʻziga xos sir-asrorlarni astoydil oʻrgandim. Vladimir Pankusovich tibbiyot sohasida oʻta tajribali va ilmiy salohiyatli shifokor boʻlib, u shogirdlaridan hech narsani ayamas va yashirmasdan oddiy, tushunarli uslubda jarrohlik ishini erinmasdan oʻrgatar edilar. U bemorlar bilan tezda til topishib ketar, bir koʻrgan kishisining ismi- shariflarini ikkinchi uchrashib qolsalar, toʻliq va ravon, qiynalmasdan ayta olardi. Eng asosiysi, u taʼmagir boʻlmagan va bizlarning ong-shuurimizga ham ushbu feʼlni singdirishga harakat qilardilar. Undan koʻp hayotiy saboqlar oldik”.

Ya.Yavidov 1956-yildan to umrining oxirigacha, qariyb 51-yil davomida tumanimiz aholisiga mohir shifokor-jarroh sifatida halol xizmatlar qildilar.

Yangiboy aka ham rahmatlik otasi Yavda bobo kabi imon va eʼtiqodda sobit, el ishonchiga hamda hurmatiga sazovor insonlardan edilar. U 1997-yilda islomiyatdagi farz ibodatlaridan hisoblanuvchi haj va umra amallarini ado etdilar.

“– Muqaddas Kaʼba, Masjidul Haramni koʻrish, uning ilohiy rahmatidan bahramand boʻlish, Allohga behad shukronalar boʻlsin, menga ham nasib etdi.

Mustaqilligimizning sharofati tufayli islomiy va milliy qadriyatlarimizning tiklanishi, inson shaxsiyatiga, uning imon va eʼtiqodiga davlatimiz tomonidan qilinayotgan yuksak eʼtibor har bir inson qalbida shukronalik tuygʻusini uygʻotadi”, – degan edilar Yangiboy hoji bobo haj taassurotlari yuzasidan 1997-yilning kuzida tuman gazetasiga bergan intervyusida.

Mashhur nemis faylasufi Iogann Gyote: “Inson uchun ilm orttirishning oʻzigina kifoya emas. Olingan bilimni taraqqiyot yoʻlida sarflashni ham bilmoq lozim”, – deganida qanchalik haq edi. Darhaqiqat, Yangiboy Yavidov 71-yillik umri davomida hamisha oʻz kasbiga sadoqat, zamondoshlari va shogirdlariga esa mehr-oqibatli, qolaversa, oʻta madaniyatli inson sifatida yashadilar. Hozirda uning katta farzandi Baxtiyor tuman Tibbiyot birlashmasida shifokor-jarroh boʻlib faoliyat yuritmoqda. Ikkinchi oʻgʻli Bahodir Yavidov Moskva shahridagi poliklinikalardan birida malakali tibbiyot xodimi. Eng kichik oʻgʻli Bahrom esa Nukus Davlat Pedagogika institutining dotsenti, fizika fanlari doktoridir. Yagona qiz farzandi Sayyora Yavidova ham ota kasbini egallagan. U ham Toshkent Tibbiyot akademiyasini tugatgan, hozirda Nukus shahridagi “Salmonboy” xususiy shifoxonasining bosh shifokoridir.

Xullas, Yangiboy Yavidov bir umr el-yurt xizmatida boʻldi. Aziz xalqi uchun kamarbasta, fidoyi, bilimdon farzandlar tarbiyaladi. Shu bois, amudaryoliklar bu qalbi daryodek joʻshqin insonni hamisha xotirlab, hurmat-ehtirom bilan eslab yuradilar.

Qodirbergan hoji.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019