XALQ BILAN MULOQOT OLIY QADRIYaTGA AYLANGANDA yoki xalq bu Vatandir
Xalq davlatdan rozi bölganda
Mustaqillik! Men bu otaşin sözni tilga olganimda köz oldimda ona Vatanning betakror manzaralari jonlanadi. Kun sayin çiroy oçayotgan yovonlar, biri-biridan obod, fayzga töla xonadonlar, mevalardan şoxlari larzon boğlar, bağirlari boylikka kon toğlar... Bulardan ham eng muhimi, qalbimni tölqinlantirib, huzur bağişlaydigani – fikri teranlaşib, dunyoqaraşi tobora şakllanib, öz haq-huquqini taniyotgan, ezguliklarga egiz yaşayotgan xalq ongidagi özgariş.
Özgariş. Yetmiş, deymiz-u, balki undan ham köp yillar davomida hayotidagi kamçilikni, özgalar tomonidan qoliplaştirilib qöyilgan turmuş tarzini "taqdir yoziği”, "qismatda bori” deb qabul qilib, ezilib, qaddi bukilib yaşagan xalqim uçun bu özgariş şon olib keldi, şaʼn ila oriyat tuyğularini baland qildi. Ana şu tuyğular silsilasida Özbekiston degan davlat qayta böy tikladi, qalblarda ona Vatan, ona Yurt, kindik qoni tomgan tuproqqa çeksiz mehr uyğondi!
Xalq özini tanigan, özligini anglagan Kun – özgarişning eng uluğ, eng aziz kuni – Mustaqillik har dilga, har uyga, ona yurtning har bir göşasiga nur baxş etdi. Nurki – olamlarni hayratga solgulik!
Ana şu nur oğuşida öz kelajagi tomon intilayotgan xalq hayotga mustaqillik yillarining har bir lahzasida betakror özgarişlar baxş etdi. Birinçi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan olib borilgan puxta öylangan davlat siyosati, mustaqillik davrining har bir yilini öziga xos nom bilan atab, yillar nomlariga monand işlab çiqilgan davlat Dasturlari doirasida amalga oşirilgan mislsiz ezgu işlar xalq bilan davlatning bir-biriga yaqinlaşuviga mustahkam zamin yaratdi. Ana şu zamindan kelib çiqib, muhtaram Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24 yilligiga bağişlangan tantanali marosimda 2017-yilga "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nom bergan lahzalar, nazarimda, Özbekiston xalqi uçun unutilmas, tarixiy kun bölib qoldi.
Har qanday xayrli işning qanoti bor, deydilar. Xalqqa yaqin böliş, uning dard-u taşvişlari bilan yaşaş, xalq orasiga kirib borib muammolarini örganiş bu – davlatimizning öz xalqiga çeksiz hurmat va ehtiromi, eʼtiborining ifodasi böldi. Prezident boşçiligidagi hukumat xalq oldidagi burç va masʼuliyatini ado etişga, inson manfaatlarini doimo baland tutişga har lahzada tayyor ekanligidan dalolat edi bu!
Şu kundan boşlab Prezident Ş.M.Mirziyoyev barça böğindagi rahbarlarga qatʼiy talab qöydilar: xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak!
Juda qisqa fursatda Prezidentimizning bu talabi davlat boşqaruvida kundalik şiorga aylandi va davlat idoralari bilan xalq örtasidagi byurokratik tösiqlar olib taşlandi. Yangi, 2017-yil şodiyonalari arafasida Prezident öta muhim, nihoyatda xalqparvar hujjatni imzoladi: "Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi Farmon matbuotda eʼlon qilindi.
Uşbu Farmonga muvofiq mamlakatimizning barça hududlarida, eng çekka tumanlarda ham Özbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari taşkil etilib, xalq bilan erkin, töğridan-töğri muloqot qiliş uçun barça zarur şaroitlar yaratildi.
Beixtiyor uluğ bobokalonimiz, hazrat Mir Alişer Navoiyning inson könglini Kaʼbaga qiyos etgani yodimga tuşadi. Taʼbir joiz bölsa, muhtaram Prezidentimiz Ş.M.Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi davlat rahbari sifatidagi ilk faoliyatini inson könglini anglaşdan, avaylaşdan boşladilar. Prezidentimiz mehr-muruvvatning buyuk timsolini Navoiy darajasida tuşunib, insonlarning dard-u taşvişlarini öylab yaşaş, ularning muammolarini şaxsiy muammosi kabi qabul qiliş – hazrat Navoiy taʼkidlaganlari kabi Kaʼba vayronligini obod etişdek savob iş deb bildilar.
– Xalq rozi bölsa, işimizda unum va baraka böladi, – dedilar Yurtboşimiz barça böğindagi rahbarlarga qarata. – Xalq bizdan rozi bölsa, Yaratgan ham bizdan rozi böladi!
Xalq dardiga oşno Xalq qabulxonasi
Bugungi kunda xalq qabulxonalarida oddiy odamlarning murojaatlari nafaqat tinglanmoqda, balki juda qisqa fursatlarda samarali hal etilmoqda.
– Joriy yilning ötgan yetti oyi davomida tumanimizdagi Özbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasiga fuqarolar tomonidan 371 ta murojaat kelib tuşdi, – deydi tumanimizdagi Xalq qabulxonasi mudiri Erkin oğa Rajabov. – Şundan 122 murojaat Xalq qabulxonasi tomonidan körib çiqildi. 220 tasi tuman hududidagi idora va taşkilotlarga, 29 tasi yuqori taşkilotlarga örganiş va muammolarini bartaraf etiş uçun havola etildi. Ötgan davr mobaynida 156 ta murojaat töla qanoatlantirildi, 170 nafar fuqaroning murojaatlari atrofliça örganilib, zarur tuşuntirişlar berildi.
Darvoqe, bugun xalqimiz dilidagi dard-u taşvişlarini içiga yutib yoki turli idoralar eşiklarida sargardon bölib yurişayotgani yöq. Uning dardini tinglovçi, muammolariga yelka tutguvçi qudratli ğamxör – davlat bor. Bundan ham muhimi, xalq orasiga dadil kirib borib, uning taşvişlariga yelka tutib, oğirini yengil qilmoqqa har lahza şay Prezident bor!
Avvallari haftaning maʼlum bir kunida hokimlar, prokuror yoki sudyalarning qabul kunlari bölardi. Eʼtibor bering, bölar edi. Davlat idoralari rahbarlari fuqarolar murojaatlari bilan tanişib, muammolarini hal etişlari uçun bunday, şunçaki (!) "qabul kunlari” heç narsani hal qilmas edi. Prezidentimiz bu kabi "xöjakörsin” qabilidagi "qabul kunlari”ga barham berdi. Oddiygina misol, joriy yilning ötgan yetti oyi davomida tumandagi Xalq qabulxonasi tomonidan 390 ta turli mavzudagi tadbirlar ötkazilib, xalqning murojaat va takliflari qabul qilindi. Tuman hokimi şaxsan xalq orasiga kirib, ovul va mahalla fuqarolar yiğinlarida 47-marta sayyor qabullar ötkazdi. Tuman prokurori tomonidan ötkazilgan 45 ta, IIB boşliği tomonidan ötkazilgan 44 ta oçiqdan-oçiq muloqotlar, boşqa idora va taşkilotlar rahbarlari iştirokidagi 247 marta uyuştirilgan yuzma-yuz uçraşuvlar jarayonida tumanimiz aholisi hayotiga oid yeçimini kutayotgan muammolarga barham berilganining özi davlat idoralari bilan oddiy mehnatkaş xalq örtasida samimiy munosabatlarning mustahkamlanişida muhim omil böldi.
Adolat qörğoniga aylanayotgan sud
Ana şu samimiy munosabat xalqimiz dilida kelajakka işonç, ezgulikka intiliş, Vatanga muhabbat tuyğusini ulğaytirdi, mustahkamladi. Nainki öz haq-huquqini anglaş, himoya qiliş, balki hayotiga haqiqat mezonlaridan turib baho berişga örgatdi. Qaysi idorada, qay maʼmurning huzurida qanday söz aytişni biladi xalq! Dilda qoniqiş bilan şu haqda öylarkanman, yaqin ötmişdagi bir holat köz oldimdan ötadi:
... Sud zali. Sudya maslahatçilari bilan öz örnini egallagan. Davlat qoralovçisi – prokuror, oqlovçi – advokat, IIB tergovçisi, temir qafasda nari borsa 22-23 yoşlardagi körkam, savlatdor yigit, guvohlar... Zal töla. Hamma jarayon boşlanişini kutayotir. Sudya – prokurorga, prokuror – advokatga maʼnoli-maʼnoli nigoh taşlaşadi. Maslahatçilar – jim...
Jarayon qizğin va bahsli keçdi. Kimsan, Falonçiyevning qarindoşi bilan aytişib, haqiqat talaşgan "ayblanuvçi”ning jinoiy işi "atrofliça” muhokama etildi. Guvohlar, barça keltirilgan dalillar "ayblanuvçi”ning böyniga qöyilgan "ayb”ni inkor qilib böldi hamki, sudya ajrim çiqarib, sudga yakun yasay demaydi. Advokat jiği-biyron, prokurorning parvoyi falak. Şu dam sud zali eşigida IIB tergov bölimi boşliği paydo böldi-yu, sudya sud boşqa kunga qoldirilişini eʼlon qilib, sud zalini tark etdi. "Ayblanuvçi”ni yana kameraga qamaşdi, prokuror va tergovçi sudyaning xonasiga yöl oldi. Adolatni tiklaş uçun jon kuydirayotgan advokat hayron, guvohlar hayron, oçiq sudda qatnaşayotgan «ayblanuvçi»ning yaqinlari norozi. Masalahatçilar...
Töğrisi, maslahatçilar biron bir fikr aytişdan mahrum. Ular faqat sudya körsatgan joyga imzo qöyişni bilişa(r)di, xolos.
Özim guvoh bölganim – yaqin ötmişdagi aksariyat sudlar ana şunday nohaqliklarni "hadya” etardi jabrdiydalarga. Men özim guvoh bölgan öşa sudda xalq yöq edi, balki haqiqat talaşib-talaşib, haqiqat eşiklaridan bir qadam ham içkariga kirolmagan, xörlangan mutelar bor edi. "Bandasining işi sudga tuşmasin”, – deya yuragini hovuçlab turganlar köp edi yaqin-yaqinlargaça. Sababi, işi sudga tuşgan odam boridan, hatto soğligidan ayrilardi. Qonunni rezinkaday çözaverib, jabrdiydani ham, aybdorni ham ming bora sarson-u sargardon qilguvçilar bor edi yaqin ötmişda...
Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev taşabbusi bilan işlab çiqilgan va 2017-yil 7-fevralda tasdiqlangan "Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi töğrisida”gi Farmonga muvofiq mamlakatimiz xalqi hayotida, ayniqsa, sud-huquq sohasida tub islohotlar jarayoni boşlandi. Prezidentimizning 2017-yil 21-fevraldagi "Özbekiston Respublikasida sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillaştiriş va faoliyati samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan tamoman yangi bosqiçga kötardi. Şu yilning 13-iyun kuni sud organlari tizimida odil sudlovni taʼminlaş borasidagi işlarning bugungi ahvoli, muammolar va istiqboldagi vazifalarga bağişlangan videoselektor yiğilişidan keyin Özbekiston Respublikasi sudyalarining Özbekiston xalqiga murojaati qabul qilinganidan dillar taskin topdi, oçiği. Nega? Sababi endilikda sud-huquq tuzilmasi bilan oddiy xalq örtasida heç qanday byurokratik tösiq bölmaydi. Adolatni yuzaga çiqariş uçun sudya ong-u şuurida adolat, tilida haqiqat va yuragida pok insoniy tuyğular bilan iş yuritişi talab etiladi. Bundan ham muhimi, sudyaning işiga xalaqit beruvçi tösiqlar bölmaydi. IIB öz işini, prokuror öz vazifasini, advokat öz burçini bajaradi. Sudya – odil sudlovni amalga oşiriş uçun erkin, mustahkam, adolatli qonunga suyangan holda iş yuritadi!
Sudya odil sudlovni amalga oşirişda qonunni mahkam tutmoği talab etilayotgani, uning sudda körgan har qanday işi qöşimça tergovga qaytarilişiga çek qöyilgani fuqarolarning sud idoralarida sarson-sargardon bölişining oldini oladi. Endilikda sudyalar fuqarolarni, sud maslahatçilarini mensimay, sudni qoldirişga yoki boşqa kunga köçirişga aslo jazm qila olişmaydi!
– Prezidentimiz yana bir öta muhim taşabbusni ilgari surdilar, – deydi jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi Sultonboy Davletmuratov. – Bu – har qaysi sudyaning aholi bilan joylarda oyiga kamida bir marta oçiq va samimiy muloqot muhitini yaratişidir. Albatta, sudyalar bilan xalq örtasidagi bunday oçiq muloqot va samimiy munosabat köprigi jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlaşda muhim omil hisoblanadi.
Xalqimiz, nazarimda, keçagi kundan jiddiy xulosa çiqarib, bugungi kun, balki kelajak orzusi bilan yaşaş zarurligini anglab yetdi. Prezidentimizning Sudni haqiqiy adolat qörğoniga aylantiriş borasidagi taşabbusi esa suddan xalqimiz rozi bölişiga erişişdir.
– Xalqimiz adolat istab kirgan eşik – suddan rozi bölmoği uçun bugun mamlakatimizda yetarli qonuniy asoslar yaratilgan, men ana şu adolatli qonun himoyasida ayni kunda oilam, farzandlarim davrasida ozodlik gaştini surayotirman, – deydi Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan amnistiya akti qöllanilib, jinoiy jazodan ozod etilgan yurtdoşlarimizdan biri. – Adolatparvar, xalqparvar milliy qonunçiligimiz menga ana şu baxtni ato etdi. Endi butun umrimni ona Vatanimiz kelajagi uçun xizmat qilişga bağişlayman.
Inson heç qaçon jinoyatçi bölib tuğilmaydi. Öz xatosini anglab, ona Vatani oldida boş egib turgan odam – jinoyat sodir etgan şaxs afsusda. Ana şu afsusnadomat egasi – xalqning bir bölagi. Vatani, xalqi qarşisida boş egib turgan bu şaxsga mehr kerak, samimiyat kerak edi. U bu mehrni, samimiylikni adolatli qonun ila topdi. Endi u öz ona Vataniga sodiq bölmoqqa intilayotirmi, demak, sudyaning işi halol, u haqiqat yalovbardoriga aylanayotir. Bundayin adolat manziliga yetmoq uçun xalqimiz juda uzoq, juda maşaqqatli yöl yurdi va... yetdi!
(Davomi bor).
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶