BARAKALI “OQ OLTIN” XIRMONLARI
Paxtazorlar bugungi kunda bunyodkorlik va jasorat maydoniga aylanib, "oq oltin” xirmonlari tobora yuksalib, elimiz boyligiga boylik qoʻshilmoqda. Bunday qizgʻin bunyodkorlik jarayonlarida toshyoplik paxtakorlar ham faol qatnashmoqdalar. Ular bu yil 320 gektar paxta maydonlaridan moʻl hosil yetishtirib, hosil yigʻim-terim ishlarini zoʻr uyushqoqlik bilan tashkil etdilar. Natijada qisqa muddatlarda yillik shartnomaviy rejalari va yuksak majburiyatlarini oshirib bajardilar va davlat xazinasiga 800 tonnadan ziyod yuqori navli paxta hosilini yetkazib berdilar. Bu yuksak xirmonga "Polvoniyozbek”, "Roza Jumamurodovna”, "Sheripboyev Soliy”, "Jumamurod nonvoy”, "Ollaberganov Bekman”, "Ozodov Musobek”, "Sirojbek-Odilbek” va "Ogʻabek-Asadbek-Abbosbek” fermer xoʻjaliklari oʻzlarining salmoqli hissalarini qoʻshib, hosildorlikni gektaridan 35 tsentnerga yetkazdilar.
Paxta yigʻim-terim ishlari hamon qizigandan qizimoqda. Negaki, paxtazorlarda hosil hali ancha bor. Toshyoplik paxtakorlar daladagi hosilning soʻnggi misqoligacha terib olib, yalpi "oq oltin” xirmonlarini 1000 tonnaga yetkazishmoqchi.
Biz ularga hormang endi, aziz paxtakorlar, bunyodkor qoʻllaringiz hech tolmasin, deymiz!
Qobul ShOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶