02.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
02.11.2026, 18:36
Salomatlik 👁 402

«SPECTRUM» korrektsion markazi: autizm va rivojlanişdagi nuqsonlarga qarşi professional yondaşuv

«SPECTRUM» korrektsion markazi: autizm va rivojlanişdagi nuqsonlarga qarşi professional yondaşuv

Dunyo miqyosida 2-aprel — Xalqaro autizm haqida axborot tarqatiş kuni sifatida nişonlanadi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan 2008-yilda taʼsis etilgan bu sana jamiyat eʼtiborini autizm sindromi mavjud bolalarga, ularning taʼlim va tibbiy muammolariga qaratişni maqsad qilgan. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti maʼlumotlariga köra, hozirgi kunda dunyoda 10 milliondan ortiq bola uşbu taşxis bilan yaşamoqda va har yili bu körsatkiç 11 foizga ortib bormoqda. Agar ötgan asrning 90-yillarida har beş ming nafar boladan birida autizm aniqlangan bölsa, bugungi kunda bu raqam har 50 nafar bolaga töğri kelayotgani muammoning naqadar dolzarb ekanini körsatadi. Mana şunday murakkab vaziyatda, Nukus şahrida faoliyat yuritayotgan «SPECTRUM» bolalar korrektsion markazi Qoraqalpoğistondagi yuzlab oilalar uçun umid çiroğiga aylandi, desak mubolağa bölmaydi.

«ABA SPECTRUM» oilaviy korxonasining taşkil topiş tarixi onalik mehri va yuksak masʼuliyat tuyğusi bilan çambarças boğliq. Markaz asosçisi Dilruxsor Xalmuratova öz farzandining rivojlanişida ayrim nuqsonlarni sezganida, Nukus şahrida ixtisoslaşgan korrektsion markaz yöqligi sababli qiyinçiliklarga duç kelgan edi. Biroq u taqdirga tan bermay, farzandining kelajagi uçun kuraşişga qaror qildi.

Avvaliga mustaqil ravişda onlayn manbalarni örgandi, söngra Toşkentdagi eng nufuzli markazlarda malakali mutaxassislardan saboq olib, öz tajribasini boyitdi. Farzandidagi rivojlaniş nuqsonlarini bartaraf etişga muvaffaq bölgan ona, öz yutuği bilan çeklanib qolmay, boşqa ota-onalarga ham yordam beriş istagida mazkur markazni taşkil etdi. Şu tariqa, 2023-yilning may oyida birinçi filial, talab va ehtiyojning yuqoriligi sababli 2025-yilning oktyabr oyida esa ikkinçi filial mijozlar uçun öz eşiklarini oçdi. Bugungi kunda markazning Nukus şahridagi har ikkala filialida ham bolajonlar uçun barça zamonaviy şaroitlar yaratilgan.

Markazda asosan autizm, Daun sindromi hamda ruhiy va nutqiy rivojlanişning keçikişi kabi taşxisi bor bolalarga malakali yordam körsatiladi. Uşbu taşxis bolada xotira, diqqat-eʼtibor, fikrlaş va eng muhimi, nutq şakllanişi tengdoşlariga qaraganda ortda qolayotganini bildiradi. Agar öz vaqtida töğri korrektsion çoralar körilmasa, bu bolada ijtimoiy moslaşiş va taʼlim olişda jiddiy muammolarni keltirib çiqaradi. «SPECTRUM» markazida aynan şunday holatlarni erta aniqlaş va bartaraf etiş ustida 16 nafar yuqori malakali xodim iş olib bormoqda. Ularning faoliyati Polşa, Turkiya va Amerika kabi rivojlangan davlatlarning ilğor standartlariga asoslangan.

Korrektsion jarayonning muvaffaqiyatini tört xil mutaxassisning birdamlikdagi mehnati taʼminlaydi. Bular logoped-defektologlar, neyropsixologlar, sensor integratsiya xodimlari va AVA-terapistlardir. Ayniqsa, AVA-terapiya, yaʼni amaliy xulq-atvor tahlili uslubi jahon miqyosida tan olingan eng samarali tizim bölib, u bolaning hatti-harakatlarini tahlil qiliş va ijobiy könikmalarni rağbatlantiriş orqali yangi bilimlarni örgatişga asoslanadi. Bu turdagi terapiya yordamida bola nafaqat öziga xizmat qilişni örganadi, balki atrofdagilar bilan muloqot qiliş, his-tuyğularini ifodalaş könikmalarini ham özlaştiradi. Sensor integratsiya xodimlari esa bolaning sezgi organlari — köriş, eşitiş, hid biliş va harakat muvozanatini töğri işlaşiga kömaklaşib, taşqi dunyoni anglaşdagi tösiqlarni olib taşlaydilar.

Bugungi kunga qadar «SPECTRUM» korrektsion markazida 500 dan ortiq bola diagnostikadan ötkazilib, ularga zaruriy korrektsion yordam körsatildi. Eng quvonarlisi şundaki, 100 dan ortiq bolalarda yuqori ijobiy natijalar qayd etilib, ularning hayot sifati sezilarli darajada yaxşilandi. Markaz asosçisi Dilruxsor Xalmuratova bank krediti evaziga zarur zamonaviy uskunalarni xarid qilib, har bir bola uçun individual yondaşuv tizimini yölga qöygan. Bu yerda har bir muvaffaqiyat, har bir yangi aytilgan söz va har bir mustaqil qadam katta bayram sifatida kutib olinadi. Zero, autizm yoki boşqa rivojlaniş nuqsonlari hukm emas, balki alohida eʼtibor va professional yondaşuv talab etadigan holatdir.

Jamiyatimizda bunday markazlarning köpayişi har bir bolaning tölaqonli hayot keçirişga bölgan huquqini taʼminlaş yölidagi eng muhim qadamdir. Maqsad bitta — heç bir bola eʼtibordan çetda qolmasligi va har bir oila öz farzandining porloq kelajagiga işonç bilan qaraşi kerak.

🎬 Videogalereya Barçasi →
1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda ▶ Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş çoralari kuçaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IŞONÇLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IŞONÇLI POSBONLARI 12.10.2026 YoŞLARNING INNOVATsION ĞOYaLARINI RÖYoBGA ÇIQARIŞ YÖLIDA MUHIM QADAM ▶ YoŞLARNING INNOVATsION ĞOYaLARINI RÖYoBGA ÇIQARIŞ YÖLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 25-sessiyasi töğrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengaşining 25-sessiyasi töğrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari ötkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari ötkazildi 02.10.2026 Maktabgaça va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgaça va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab öqituvçisi “Yil öqituvçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi böldi ▶ 64-sonli maktab öqituvçisi “Yil öqituvçisi” körik-tanlovining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi ğolibi böldi 26.09.2026 Informatika öqituvçilari uçun kibarxavfsizlik böyiça amaliy seminar ötkazildi ▶ Informatika öqituvçilari uçun kibarxavfsizlik böyiça amaliy seminar ötkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarşi emlaş böyiça körgazmali seminar ötkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarşi emlaş böyiça körgazmali seminar ötkazildi 24.09.2026 Texnikumda Özbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi taşabbusi bilan yiğiliş ötkazildi ▶ Texnikumda Özbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyuşmasi taşabbusi bilan yiğiliş ötkazildi 23.09.2026 Öquvçilar örtasida soğlom turmuş tarzi tarğib qilindi ▶ Öquvçilar örtasida soğlom turmuş tarzi tarğib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga öz işini boşladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga öz işini boşladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoşlar tarbiyasi böyiça aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoşlar tarbiyasi böyiça aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpoğistonda 8 oyda 13,2 milliard sömlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpoğistonda 8 oyda 13,2 milliard sömlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini örgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini örgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inşootlari kuz-qiş mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inşootlari kuz-qiş mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qişloq xöjaligi böyiça respublika seminari bölib ötdi ▶ Amudaryo tumanida qişloq xöjaligi böyiça respublika seminari bölib ötdi 21.09.2026 Daryo böyi mahallasida ijtimoiy himoya işlari manzilli yölga qöyilgan ▶ Daryo böyi mahallasida ijtimoiy himoya işlari manzilli yölga qöyilgan 21.09.2026