“Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” doirasida “Tuman hokimi Olimpiadasi”ning tantanali oçiliş marosimi ötkazildi
Sport — bu nafaqat jismoniy tarbiya, balki millatning soğlom ruhiyati, irodasi va kelajakka bölgan qatʼiy işonçi ramzidir. Bugun Özbekiston zaminida yoş avlodning iqtidorini yuzaga çiqariş, ularni xalqaro arenalarda Vatanimiz bayroğini baland kötaradigan professional sportçilar qilib tarbiyalaş davlat siyosatining eng ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Bu boradagi işlar tizimli ravişda davom ettirilib, yurtimizning barça hududlarida “Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2026-yilgi yangi mavsumiga tantanali ravişda start berildi.
Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan hayotga tatbiq etilgan uşbu ulkan loyihalar bugunga kelib nafaqat sport tadbiri, balki yoşlar qalbida vatanparvarlik va ğoliblik ruhini uyğotuvçi haqiqiy mahorat maktabiga aylandi. Bu musobaqalar orqali mamlakatimizning eng çekka hududlaridagi iqtidorli öğil-qizlar özlarini körsatiş imkoniyatiga ega bölmoqda, ularni tizimli ravişda saralab boriş va professional sportga yönaltirişda mazkur platforma beqiyos ahamiyat kasb etmoqda.
Amudaryo tumani sport maktabida ham yoşlar örtasidagi mazkur nufuzli sport musobaqalarining oçiliş marosimi ötkazilib, u haqiqiy bayram tusini oldi. “Yangi Özbekiston olimpiya çöqqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” doirasida ötkazilayotgan “Tuman hokimi Olimpiadasi”ning tantanali oçiliş marosimida yuzlab yoş sportçilar, murabbiylar va keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Tadbirda sözga çiqqan tuman hokimi Sobir Xöjametov mamlakatimizda yoşlarni sportga keng jalb etiş, ularning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş va soğlom avlodni tarbiyalaşga qaratilgan islohotlarning amaliy natijalariga töxtalib ötdi.
Taʼkidlandiki, sport bilan şuğullaniş nafaqat salomatlik garovi, balki şaxs sifatida şakllanişning muhim omilidir. Şu bois ham davlat tomonidan yaratib berilayotgan bunday keng imkoniyatlardan unumli foydalaniş har bir yoş yigit-qizning boş maqsadi bölişi lozim.
Aytiş kerakki, 2026-yilgi mavsum avvalgilaridan özining miqyosi va yondaşuvlari bilan tubdan farq qiladi. Agar 2025-yilda “Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” musobaqalari asosan 15-17 yoş toifasidagi sportçilar örtasida va atigi 10 ta sport turi böyiça taşkil etilgan bölsa, joriy yilda bu körsatkiçlar sezilarli darajada oşirildi. Endilikda musobaqalar doirasi yanada kengaytirilib, unda 13-14 yoşli ösmirlar ham iştirok etiş huquqiga ega böldilar. Badiiy gimnastika yönalişida esa hatto 11-12 yoşli jajji mahorat egalari ham öz imkoniyatlarini sinovdan ötkazadilar.
Bunday özgarişlar bejiz emas, çunki xalqaro tajriba şuni körsatadiki, çempionlarni aynan şu yoşdan boşlab saralaş va ularga töğri yönaliş beriş kelajakdagi olimpiya zafarlarining mustahkam poydevori bölib xizmat qiladi. Endilikda yoş sportçilar 21 ta olimpiya sport turi böyiça bellaşuvlarda qatnaşadilar, bu esa tanlov imkoniyati ikki barobarga ortganidan dalolat beradi.
Musobaqalar uç bosqiçli tizim — “Tuman va şahar hokimi olimpiadasi”dan boşlanib, keyingi Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahri miqyosida “Hokim olimpiadasi”ga ulanadi va eng yuqori nuqta — “Prezident olimpiadasi” şaklida yakuniga yetadi. Bunday bosqiçma-bosqiç saralaş tizimi eng kuçli, eng irodali va eng mahoratli sportçilarni aniqlab olişga xizmat qiladi.
Joriy yilgi mavsumning yana bir öziga xos va diqqatga sazovor jihati şundaki, musobaqa dasturiga qator yangi va ommabop sport turlari kiritildi. Jumladan, endilikda yoşlar voleybol, gandbol, badminton kabi jamoaviy öyinlar bilan bir qatorda, nafis va tezkorlik talab etadigan qiliçbozlik, tennis va sohil voleyboli yönalişlarida ham öz mahoratlarini namoyiş etadilar. Şuningdek, suziş, velosportning şosse va velotrek yönalişlari hamda çim ustida xokkey kabi sport turlarining musobaqa tarkibidan örin olişi yoşlar örtasida soğlom raqobat muhitini yanada kuçaytirişi şubhasiz.
Bunday keng kölamli sport tadbirlarining ötkazilişi mamlakatimizda sportni ommalaştiriş yölidagi eng töğri va oqilona yöldir. Har bir hududda, har bir tumanda boşlangan bu bellaşuvlar ertangi kunning Olimpiya öyinlari ğoliblarini yetiştirib beradi. Zero, bugun tuman sport maktabi maydonida hayajon bilan start çiziğida turgan ösmir ertaga jahon şohsupasida Özbekiston şarafini himoya qiladigan qahramonga aylanişi mumkin.
Amudaryolik ösmirlar va yoşlar iştirokida yuqori kayfiyatda boşlangan uşbu yirik sport loyihasi mamlakatimizda yoşlar sportini yangi bosqiçga olib çiqiş, iqtidorli sportçilarni tizimli ravişda saralaş hamda ularni xalqaro maydonlarda munosib iştirok etişga tayyorlaşda muhim omil bölib xizmat qilişi şubhasiz.
“Yangi Özbekiston Olimpiya çöqqilari” va “Prezident Olimpiadasi” — bu şunçaki musobaqa emas, bu — kuçli, bilimli va jismonan soğlom avlodning yorqin kelajagi sari qöyilgan qatʼiy qadamidir. Biz yoş sportçilarimizga kelgusi bahslarda omad va zafarlar tilab qolamiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶